•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Maktab nizomi

Maktabning maqsad vazifalari

 19.04.2016   

    Maktabning asosiy maqsadi o’quvchilarni Davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’qitish va tarbiyalash, shaxsning ta’lim olishga doir konstitutsiyaviy huquqini ro’yobga chiqarishdan iborat.
    Ta’limning boshqaruv organlari tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlari asosida fan asoslaridan bilimlarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko’nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta’limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko’maklashadi.
     Maktab ta’lim-tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat manfaatlarini ko’zlagan holda amalga oshiradi, o’quvchilarning har tomonlama kamol topishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan, ularning o’z ustida mustaqil ishlashlari hamda qo’shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
     Bolalar huquqlarini ta’minlash, ularning qadr-qimmatini e’zozlash, bolalarga do’stona munosabatga bo’lish muhitini shakllantirish maktabning asosiy vazifalaridan biridir.
     Maktabning asosiy vazifalari:
— o’quvchining qaysi millatga, dinga, irqqa mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, umumiy o’rta ta’lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi;
— ta’limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta’minlaydi;
— iste’dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo’llab-quvvatlaydi, rag’batlantiradi;
— o’quvchilarga puxta bilim va ko’nikmalar berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o’quv jarayonini tashkil etadi;
— o’quvchilarga milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g’oya ruhida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarni kamol toptiradi, uni haqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi;
— o’quvchilarda mustaqil O’zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog’i, madhiyasi va gerbi) hurmatni, qat’iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni tarbiyalaydi.
      Maktabda sifatli umumiy o’rta ta’lim berish asosida quyidagi pirovard natijalarga erishiladi;
— bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat
oldidagi mas’uliyatini to’la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tadbih eta biladigan shaxs sifatidan kamol toptirish;
— axloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoyi inson, o’zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog’lom avlodni yetkazib berish;
— maktabda ta’lim-tarbiya oluvchilarni o’rta -maxsus o’quv muassasalarida o’qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir.

korildi:  398

 

O'xshash manbalar

8. Maktabning moddiy va moliyaviy xoâ

Fikr bildirish

Ismingiz *

Elektron manzil *

Xatingiz *

Rasmdagi kodni yozing *

antibot

 Tadbirlar

22
May

22
May

So'rovnoma

 Foydali manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
senat.gov.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portoli
my.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portoli
gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazrligi
uzedu.uz
Ziyo NET
ziyonet.uz
Yagona identifikatsiya tizimi
id.uz
Milliy qidiruv tizimi
www.uz
Xorazm viloyat Hokimligi
xorazm.uz