•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Maktab nizomi

O’quvchilarning huquq va burchlari

 19.04.2016   

     O’quvchilar quyidagi huquqlarga egadirlar:
— davlat standartlariga muvofiq bepul umumiy ta’lim olish;
— o’z insoniy qadr-qimmatlari hurmat qilinishi, vijdon va axborot erkinligini his qilish, o’z qarashlari va e’tiqodlarini erkin ifoda etish;
— ta’lim muassasasini boshqarishda qatnashish;
— turli xil ilmiy faoliyat bilan shug’ullanish, seminarlar, olimpiadalar, ko’rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
— o’quv shaklini mustaqil tanlash;
— qo’shimcha (fakultativ) ta’lim olish xizmatidan foydalanish.
        Maktab o’quvchilari:
— O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, Respublikaning munosib fuqarosi bo’lish, O’zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrog’i va Madhiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog’liq bo’lgan marosimlarni ado etish;
— ta’lim muassasasining Ustavi va ichki -tartib qoidalarini so’zsiz bajarishlari;
— Davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;
-maktabga dars jadvali asosida o’z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari,
— o’quv jarayoni uchun kerak bo’ladigan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o’quv qo’llanmalari, daftarlarini to’liq olib kelishlari;
— Maktabda kiyinish madaniyatiga qo’yilgan talablarga rioya qilishlari;
— o’qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlari;
— o’z bilimi va amaliy ko’nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
— maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko’rsatishlari;
— maktab va jamoat mulkini avaylab- asrashlari talab etiladi.
     o’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda «Adolat komissiyasi» tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og’zaki holda berilgan arizalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi.
     Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab jihozlari va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o’qituvchilar va maktab rahbariyatining shaxsiyatiga tegadigan xatti-harakatlar sodir etadigan o’quvchiga nisbatan mahalliy hokimlik qoshidagi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo’llaniladi.
     Ayrim fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish sinflarida o’qib, muntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o’quvchilar oddiy umumiy ta’lim sinflariga o’tkazilishi mumkin.
— Maktabda amaldagi qonunchilikka asosan o’quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatish huquqiga ega.

korildi:  475

 

O'xshash manbalar