•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Maktab nizomi

Pedagog hodimlarning burchlari

 19.04.2016   

 Maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo’lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko’ra, direktorning buyrug’i asosida shartnomaga binoan qabul qilinadi;
 Pedagog xodimlarning huquqlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O’zbekiston Respublikasining «Ta’lim to’g’risida»gi Qonuni va «Mehnat kodeksi» bilan belgilanadi.
 Maktab pedagogik xodimlari:
— pedagog-o’qituvchi o’zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
— maktabda, jamoat orasida o’z bilimi, yurish-turishi, odob-axloqi, yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari;
— ijtimoiy hayot uchun maqbul bo’lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o’quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo’lishlari;
— maktab obro’si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yilida faollik ko’rsatishlari;
— kasb mahoratining yuksak darajada bo’lishi, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari;
— o’quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
— o’sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari;
— o’zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
 Pedagog o’qituvchilar maktab Ustavi ichki tartib- qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
 Maktab ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o’qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirib bo’riladi.
 Maktabda har bir fan yo’nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida
faoliyat ko’rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samardorligini oshirishga xizmat qiladi.
 O’qituvchilar:
— mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’radi, o’z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
— maktab pedagogik kengash ichida va maktab ma’muriyati tomonidan o’tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
— maktab direktori va boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo’yicha navbatchilik qiladi;
— o’quvchilarning ota-onalari (ularni o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo’ladi.
 Maktab o’qituvchilari har uch yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug’ilganda malaka oshirish institutlarida o’z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar uchun o’quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so’ng malaka oshirishdan o’tadilar.
 Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestatsiya to’g’risidagi tegishli Nizomga binoan o’tkazilgan attestatsiya natijalariga ko’ra belgilanadi.
 Maktab pedagog xodimlari:
1). Maktab pedagogika kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarida;
2).Ishchilar jamoasining umumiy yig’ilishlarida qatnashish yo’li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
5.11. Maktab pedagog xodimlarini o’z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:
1) O’quvchilarga o’qitilayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlarini va o’quvchilarni yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish;
2) ularda umummilliy madaniyatni shakllantirishga, o’quvchilar ixtisoslashtirilgan
yo’nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o’zlashtirishiga ko’maklashish;
3) O’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi
tartibini ta’minlash.
Barcha fan o’qituvchilari Xalq ta’limi hamda Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirliklarining 2005 -yil 26- dekabrdagi 315-sonli va 4985-sonli qo’shma buyrug’lari asosida belgilangan pedagogik ish yuklamalaridan kelib chiqib, o’z faoliyatlarini olib borishlari talab etiladi.
Barcha pedagog xodimlar ped. kengash qarori asosida belgilangan sinflarda o’ziga berilgan darslarni dars jadvali asosida o’tishi lozim, dars jadvalini o’zboshimchalik bilan tuzatishi, ish jarayonida rahbarni ogohlantirmasdan chiqib ketishi taqiqlanadi .

korildi:  391

 

O'xshash manbalar

Fikr bildirish

Ismingiz *

Elektron manzil *

Xatingiz *

Rasmdagi kodni yozing *

antibot

 Tadbirlar

22
May

22
May

So'rovnoma

 Foydali manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
senat.gov.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portoli
my.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portoli
gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazrligi
uzedu.uz
Ziyo NET
ziyonet.uz
Yagona identifikatsiya tizimi
id.uz
Milliy qidiruv tizimi
www.uz
Xorazm viloyat Hokimligi
xorazm.uz