•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Maktab nizomi

Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslarning huquqlari, majburiyat va mas’uliyatlari.

 19.04.2016   

 Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
— o’zlarining balog’atga yetmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim
muassasasi turi va o’qish turini tanlash;
— ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lishini talab qilish;
— ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
 Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
— bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari;
— bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuygularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari;
— bolalarini maktabda o’qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
 Ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar maktabda o’quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
 Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari chun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.

korildi:  939

 

O'xshash manbalar