•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Maktab nizomi

8. Maktabning moddiy va moliyaviy xoâ

 19.04.2016   

8.1. Maktabning moliyaviy ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining
2007 -yil 26- fevraldagi PF-3857-sonli «Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida»gi Farmoni, 2007- yil 29- martdagi PK-609-sonli «Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 30- martdagi 65-sonli «Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida»gi qarori va ular asosidagi Xalq ta’limi vazirligining buyruq va qarorlari asosida tashkil etiladi.Maktabni moliyaviy ta’minlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablag’lar, O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarning bajarilishidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
8.2. Maktabni samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sarf-xarajatlar davlat tomonidan belgilangan huquqiy me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi va mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
8.3. Malaka toifalari «Attestatsiya haqida»gi Nizomga muvofiq maktab xodimlarini
attestatsiyadan o’tkazish jarayonida beriladi.
8.4. Pedagog kadrlarga kasb mahorati va maktabdan tashqari faoliyatlari uchun ustamalar, moddiy rag’batlantirish va mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2005- yil dekabrdagi 275-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
8.5. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilariga tanlov bo’yicha yoki fakultativ mashg’ulotlar uchun o’quvchilar sonidan qat’iy nazar faqat alohida sinf yoki guruh o’quvchilari uchun o’tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to’lash amalga oshiriladi.
8.6. Maktabda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar ko’rsatishga ruxsat etiladi.
8.7. Maktabni moddiy-texnika negizi tarkibiga yer, binolar, sport inshootlari,
kommunikatsiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar, mebellar, o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.
8.8. Maktab binosi texnika-xavfsizligi va sanitariya-gigiyena me’yorlariga muvofiq
jihozlanadi va foydalaniladi. Maktabni moddiy -texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo’shimcha mablag’lari hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo’shimcha mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
8.9. Maktabning bug’galteriya hisobi boshqa hisob-kitob ishlari maktab direktori, moddiy javobgar shaxs va bug’galterlar tomonidan amalga oshiriladi, ya’ni, Vazirlar Mahkamasining 2007- yil 30- martdagi 65-sonli qarori asosida olib boriladi.
9. Maktabning xalqaro hamkorlik faoliyati.
9.1. Amaldagi qonunchilikka asosan umumta’lim maktabi xalqaro faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
9.2. Maktab xorijiy mamlakat o’quv muassasalari bilan o’qish, dam olish, olimpiadalarida, ko’rik-tanlovlari o’tkazish yuzasidan tajriba almashish imkoniyatlari doirasida hamkorlik aloqalar o’rnatishi mumkin.

korildi:  576

 

O'xshash manbalar

Urganch tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2016 yil 9-oy davomida “Fuqaro muxofazasi” bo‘yicha qilingan ishlar

Urganch tumani 38-son umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan “ Ota-onalar “yig’ilishi to’g’risida.

Maktabning maqsad vazifalari

Fikr bildirish

Ismingiz *

Elektron manzil *

Xatingiz *

Rasmdagi kodni yozing *

antibot

 Tadbirlar

22
May

22
May

So'rovnoma

 Foydali manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
senat.gov.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portoli
my.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portoli
gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazrligi
uzedu.uz
Ziyo NET
ziyonet.uz
Yagona identifikatsiya tizimi
id.uz
Milliy qidiruv tizimi
www.uz
Xorazm viloyat Hokimligi
xorazm.uz