•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Fan oyliklari

Geografiya

 17.05.2016   

“Sentabr geografiya iqtisodiy bilim asoslari fanlari oyligi “ o’tkazish bo’yicha avgust oyining ohirida uslubiy birlashma o’qituvchilar bilan birgalikda reja tuzib chiqildi va reja asosida geografiya,iqtisodiy bilim asoslari fanlariga bo’lgan qiziqishni oshirib DTS talablariga javob beradigan bilimga ega bo’lishlari uchun qo’shimcha tadbirlar ishlab chiqishga e’tibor berildi.Maktabda fan oyligiga bag’ishlangan ko’rgazma tashkil etildi.Unga tog’ tizimi “Cho’l mintaqasi” “Suv havzasi” “O’simlik va hayvonlari” ko’rgazmalari qiziqarli qubiklar relef ko’rinishlari bukletlar,albomlar va referatlar qo’yildi.5-9 sinflarda kirish chiqish testlari ochiq darslar tadbir va tanlovlar o’tkazildi.O’qituvchi Nodirmetova Ra’no geografiya fanidan 6-B sinfda “Gidrosfera va uning tarkibiy qismlari” iqtisodiy bilim asoslari fanidan 8-B sinf “Tanlov va uning muqobil qiymati” Madaminova Shirin 9-A sinfida “Jamiat bilan tabiatning o’zaro ta’siri” 8-A sinfda “O’zbekiston milliy iqtisodiyoti” mavzusida o’tgan ochiq darslari namunali deb topildi.Fan oyliklari burchagida o’quvchilar ishlaridan ko’rgazmalar tashkil qilindi.Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari fanidan viktorina savollari va bosh qotirmalar tanlovlari o’tkazildi va g’oliblar taqdirlandi.6-sinflar o’rtasida “Siz geografiyani bilasizmi” mavzusida tadbir o’tkazildi.8-9sinflar o’rtasida “Devoriy gazetalar,bukletlar,referatlar” tanlovlari o’tkazildi.Uslubiy birlashma yig’ilishida “Geograf o’lkashunos” to’garagi mavzusida ma’ruzalar tinglandi.

Fan oyligi munosabati bilan 7-6 sinf oquvchilarini Urganch shahrining diqqatga sazovor joylarini ko’rish uchun sayohatga olib borildi.8-9 sinflar o’rtasida “Geografiya iqtisod bilimlari” tanlovi o’tkazildi.Barcha ishlar tadbir tanlov,musobaqalar yakunlanib,g’oliblar aniqlandi va ular ertalabki saflanishda taqdirlandilar.

korildi:  565

 

O'xshash manbalar