•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Fan oyliklari

Fevral aniq fanlar vainformatika fanlari oyligi

 16.05.2016   

Fevral  oyida fan oyligi uchun maktab ichki va tashqi tozaligi, sinf xonalarining o’quv yiliga tayyorgarligi, jihozlari, darsliklar, ish rejasining o’z vaqtida bajarilishi uchun faol qatnashdim. Bu fan oyligida 20 soat dars va 16 soat pedagogik yuklama bilan ta’minlandim. Shu asosda o’quv dasturiga kiritilgan o’zgartirishlar asosida o’quv rejasini tuzib oldim va o’quv yilining birinchi kunlaridanoq yosh avlodga ta’lim – tarbiya berishga faol qatnashib boshladim. O’quv rejam o’z vaqtida ilmiy bo’lim mudiri tomonidan tasdiqlandi. Yillik ish yuklama rejasini ham o’z vaqtida ishlab chiqib, tasdiqladim. Darslarni kuzatish maqsadida haftada 3-4 soat dars tahlil qilishga erishdim. Jumladan 12.02.2017 yil kuni M.Saidovni 8-A sinfida algebra fanidan yozma ishini tahlil qildim, yozma ish tahlilida ko’proq hato qilgan o’quvchilar bilan ishladi.13.02.2017 yil kuni U.Holilovni 9-D sinfida geometriya darsini tahlil qildim. U. Holilov darsni juda yahshi o’tdi. Savol-javoblar, tarqatma materiallar,formulalardan foydalandi. 15.02.2017 yil kuni S. Rahimovani 7-A sinfida algebra darsini tahlil qildim. Dars mavzusi misol yechish. Dars juda qiziqarli o’tdi. Darsda o’quvchilar bir-birlari bilan raqobatlashib misol yechdilar. Rejalashtirilgan misollarni yechishga ulgurildi. O’quvchilar faolligi yahshi. 20.02.2017 yil kuni G. Boltayevani 5-D sinfida matematika darsini tahlil qildim. Dars mavzusi misol yechish darsini kuzatdim, tahlil paytida o’z fikrlarimni bildirdim.  Haftaning seshanba – juma kunlari o’z o’quvchilarim bilan to’garak mashg’ulotlarini o’tishga erishdim.

Dars beradigan sinf o’quvchilarimning choraklik baholari o’z vaqtida chiqariladi, bo’sh o’zlashtiruvchi o’quvchilarga darsdan keyin yordam berib kelmoqdaman. Reja asosida qo’yilgan ochiq darslarni o’z vaqtida, ya’ni 10-sentabrda 8-A sinfda fizika fanidan “Elektr zaryad”, 6-A sinfida “Quyosh va Oy tutilishi’’ mavzusida ochiq darslar o’tdim. Monitoring guruhi tomonidan o’quvchilarning bilim darajasini aniqlash maqsadida testlar olindi, bunda sifat-samaradorlik 78-79% ni tashkil qildi. Sinf o’quvchilarim bilan 12 – aprel kuni “Fizika olamiga sayohat” mavzusida  tadbir o’tkazdim, O’quv yili davomida metod birlashma azolari bilan yig’ilishlarni o’z vaqtida o’tkazib bordim.

Maktab ma’muriyati tomonidan topshirilgan jamoat ishlarida doimo faol qatna-shishga harakat qilaman. Mustaqil O’zbekistonimizning kelajagi bo’lmish yosh avlodga yangi pedtexnologiyalar asosida ta’lim – tarbiya  berishga  astoydil  va’da  beraman.

korildi:  1530

 

O'xshash manbalar

“YIL SARDORLARI” ANIQLANDI

Ingliz tili fan oyligi

Ona tili fan oyligi

Dekabr Milliy IstiqlolG’oyasi turkumiga kiruvchifanlar oyligi

Fikr bildirish

Ismingiz *

Elektron manzil *

Xatingiz *

Rasmdagi kodni yozing *

antibot

 Tadbirlar

22
May

22
May

So'rovnoma

 Foydali manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
senat.gov.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portoli
my.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portoli
gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazrligi
uzedu.uz
Ziyo NET
ziyonet.uz
Yagona identifikatsiya tizimi
id.uz
Milliy qidiruv tizimi
www.uz
Xorazm viloyat Hokimligi
xorazm.uz