•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Psixologik markaz

Меn tanlagan kasbni - kelajak hayotimdagi o’rni

 07.05.2016   

  Maktabimizning  bitkazuvchilarini akademik  litsey  va  kasb-hunar  kollejlarida  o`qitish  bilan  to’liq  qamrab  olinishini ta’minlash  bo’yicha ishlab  chiqilgan chora  tadbirlar rejasiga muvofiq  9-sinf  o’quvchilaridan  oktabr  oyidan  boshlab har oyda kasb-hunarga yo’naltirish maqsadida metodik testlar, dekabr, fevral, aprel  oylarida  so’rovnomalar  olindi.  Maktaimizning  9-sinf  o’quvchilari  o’rtasida  “Меn  tanlagan kasbni - kelajak  hayotimdagi  o’rni” mavzusida  insholar  ko’rik  tanlovini  o’tkazildi. Insholar  ko’rik  tanlovi  Nizom  talablari  asosida tashkil  etildi. Insholar  ko’rik  tanlovini  o’tkazish  uchun  hakamlar  hay’ati  tuzildi.  Hay’at  raisi  ona tili  va  adabiyoti  fani  o’qituvchisi  va o’quv  ishlari  bo’yicha  direktor  o’rinbosari  Ra’no  Begova,a’zolari  ona tili  va  adabiyoti  fani  o’qituvchilari  Salomat  Madraximova, Nazokat  Xudoyberganova, maktab  psixologi  Xadicha  Salayevalardan  iborat   komissiya  tuzildi.

9- А sinfdan  1 o’quvchi  92 ball  to’plab  1-o’rinni, 1-o’quvchi  86 ball to’plab 2-o’rinni, 3-o’quvchi  82 ball to’plab 3-o’rinni oldilar.9-B sinf-

dan  3-o’quvchi  90 ball  to’plab  1-o’rinni, 3-o’quvchi  88-ball  to’plab 2-o’rinni,  9 o’quvchi  86 ball  to’plab  3-o’rinni  oldilar. 9-D sinfdan 3o’quvchi  86 ball  to’plab  1- o’rinnii, 3 o’quvchi  85 ball  to’plab 2- o’rinni,  4o’quvchi  76 ball  to’plab  3- o’rinni  oldilar.

     Barcha  9-sinf  o’quvchilari  orasidan  eng  yuqori  92 ball  to’plagan  9-A sinf  o’quvchisi  Ollaberganova  Yulduzning   “Men  tanlagan  kasabni - kelajak  hayotimdagi  o’rni”  mavzusida  yozgan  inshosi   maktab  bosqichida  eng  yaxshi  yozilgan  insho  deb  topildi.

korildi:  1021

 

O'xshash manbalar

Меn tanlagan kasbni-kelajak hayotimdagi o’rni