Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining 2016 yil 12 yanvardagi 32-sonli va Urganch tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’liminin 2016 yil 15 yanvardagi 020 -sonli xati ijrosini ta’minlash maqsadida “Ozbekiston Respublikasi 2013-2017 yillarda OIV infeksiyasining tarqalishiga qarshi kurash bo’yicha Strategik dastur” asosida xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limining 2013 yil 30 yanvardagi 17-sonli buyrug’i va ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi asosida maktabda 9 kishidan iborat komissiya tuzildi va giyohvandlikka, OITSga qarshi kurashish tadbirlari ishlab chiqildi.
9-sinf o’quvchilari o’rtasida “ Biz giyohvandlikka qarshimiz “ mavzusida musobaqa uyushtirildi. Musobaqada tanishtiruv, savol-javob, prezentatsiya, badiiy qism, sardorlar bellashuvi kabi shartlar saosida bellashdilar. “Giyohvandlikning inson sog’ligiga salbiy ta’siri va uning oqibatlari” mavzusida uchala guruh ham juda yaxshi prezentasiya tayyorlab uni juda yaxshi ta’riflab berdilar. 9-B sinf o’quvchilari bellashuvning g’olibi bo’ldilar.
7-8 sinf o’quvchilari bilan “ Giyohvandlik- umr zavoli”, “OIV va OITS nima?”, “Biz giyohvandlikka qarshimiz”, “Giyohvandlikdan hazar qilamiz” kabi mavzularda davra suhbatlar o’tkazildi. Biologiya fani o’qituvchisi Shaxlo Sotipova 8-sinf o’quvchilari bilan davra suhbati o’tkazdi.Davra suhbatida maktabimiz hamshirasi Bakposhsha Qurbonboyeva ham bolalarga giyohvandlik asosida kelib chiqadigan kasalliklar haqida tushuntirish ishlari olib bordi. Tadbirlarimiz o’quvchilarni OIV va OITS haqida tushunchalarini yanada mustahkamladi. O’ylaymizki, o’quvchilarimiz davra suhbatlaridan to’g’ri xulosa chiqarib olib bundan keyin doimo sog’lom turmush qoidalariga amal qilib boradilar. O’quvchilarimiz albatta jamiyatimiz uchun ajoyib insonlar bo’lib etishadilar,-deb umid bildirib qolamiz.
OITS va giyoxvandlikka qarshi kurashaylik
“Biz diniy ekstremizmga qarshimiz”
Fikr bildirish