•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Ichki tartib qoidalar

ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartib

 07.05.2016   

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 21 maydagi «O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 139-sonli qarori bilan tasdiqlangan

 

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to‘g‘risida

                                                                                N I Z O M

 

I. Umumiy qoidalar

1. Ushbu Nizom, idoraviy mansubligidan qat’i nazar,  umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalarida (keyingi o‘rinlarda ta’lim muassasasi deb ataladi) mobil telefonlardan (keyingi o‘rinlarda telefon deb ataladi)  foydalanish tartibini belgilaydi hamda  sifatli  ta’lim olish va kasbiy  tayyorgarlikka ega bo‘lishda, davlat va jamiyat manfaatlari yo‘lida o‘quvchi yoshlarning sog‘lig‘ini  saqlashda  xavf-xatarlarni kamaytirishda  o‘quvchilar va talabalarning (keyingi o‘rinlarda ta’lim oluvchilar deb ataladi) konstitutsiyaviy  huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan.

2. Ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish samaradorligiga erishish va o‘quvchi yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini  qaror toptirish  uchun shart-sharoitlar yaratish ushbu Nizomning maqsadlari hisoblanadi.

3. Ushbu Nizom davlat va nodavlat ta’lim muassasalariga tatbiq etiladi hamda ta’lim oluvchilarga, shuningdek ta’lim muassasalarining barcha toifalardagi xodimlariga nisbatan amal qiladi.

 4. Telefonning saqlanishi uchun faqat uning egasi (ota-onalar) javob beradilar.

5. Ushbu Nizomning maqsadlariga muvofiq uni ishlab chiqish quyidagi vazifalarni hal etishga yo‘naltirilgan:

a) boy intellektual meros asosida yosh avlodni Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, milliy mustaqillik g‘oyalarini hurmat qilish  va ularga sadoqat ruhida tarbiyalash;

b)  o‘quv jarayonida, shu jumladan ta’lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanish bilan bog‘liq quyidagi salbiy hodisalarning oldini olish va bartaraf etish:

o‘quv materiallarini ulardan shpargalkalar sifatida foydalanish uchun, shuningdek mashg‘ulotlar vaqtida ta’lim oluvchilar foydalanishadigan turli o‘yinlarni  yozib olish va telefon xotirasida saqlash;

yoshlar o‘rtasida ma’naviy-axloqiy xislatlarni buzuvchi, zo‘ravonlik, shafqatsizlik va  pornografik, shuningdek reaksion-sektant, soxta diniy mafkurani  targ‘ib qiluvchi,  atrofdagilarni salbiy  harakatlarga  undovchi  materiallardan iborat bo‘lgan,  ko‘rgazma,  fon sifatida xizmat qiluvchi rasmlar, audio-videoyozuvlar, chizma va suratli tasvirlar, ovozli video roliklarni namoyish  etish, tarqatish, qo‘llanish;

v)  ta’lim muassasalarining ichki tartib-qoidalariga  rioya etishni  ta’minlash uchun ta’lim muassasalarida  ta’lim oluvchilar tomonidan telefonlardan foydalanishni tartibga solish.

II. Ta’lim muassasalari hududi va xonalarida                                                      telefonlardan foydalanish tartibi

6. Ta’lim muassasasiga kirib kelishda har bir ta’lim oluvchi, xodim, keluvchi va boshqa shaxslar o‘z telefoni abonentining chaqiruv ovozini  to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni “ovozsiz” rejimga o‘tkazishi) shart.

7. Ta’lim muassasalarida  o‘tkaziladigan o‘quv mashg‘ulotlari va tadbirlar (saflanish, tarbiyaviy soatlar, bayram, sport tadbirlari va shu kabilar) boshlanishidan oldin  ta’lim oluvchilar:

telefonini  o‘chirib qo‘yishi;

telefonini  portfeli, sumkasi va shu kabilarga solib qo‘yishi shart.

8.  Ta’lim oluvchilarga quyidagilar qat’iyan taqiqlanadi:

a)  telefonini bo‘yniga osib olish, ko‘krak cho‘ntaklarida, shim, yubkalari cho‘ntaklarida  va shu kabilarda saqlash;

b) telefon akkumulyatorini zaryadlash uchun ta’lim muassasasi elektr tarmoqlariga ulash;

v)  telefoni yordamida:

atrofdagilarga  zo‘ravonlik, shafqatsizlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi video va  suratlarni namoyish qilish;

ta’lim muassasasining nufuziga, shu jumladan zo‘ravonlik va vandalizm  holatlarini suratga olish va keyinchalik ularni atrofdagilarga namoyish etish yo‘li bilan zarar etkazish;

g)  o‘quv mashg‘ulotlari  vaqtida:

telefon orqali so‘zlashish hamda SMS (MMS) va boshqa turdagi xabarlarni jo‘natish;

telefonni stol ustiga qo‘yish;

musiqa, shu jumladan naushniklar orqali tinglash;

surat va video tasvirlarni  ko‘rsatishda telefondan foydalanish (o‘yinlar bilan shug‘ullanish), tasvir  (matn, rasm, videoyozuv va fotosuratlar) ko‘rish, diktofon, kalkulyator, kalendar, bloknot, yon daftarcha kabilar sifatida  foydalanish;

suratga olish va  video tasvirga tushirish;

telefon (GPRS, Bluetooth,  Internet va shu kabilar) orqali boshqa xizmatlardan foydalanish.

9.  Ta’lim muassasasida  ta’lim oluvchilarga  mashg‘ulotlar va tadbirlar oralig‘ida  faqat  asosli  va kechiktirib bo‘lmaydigan zarur holatlarda  ota-onasi (ularning o‘rnini bosuvchilar), yaqin qarindoshlari, ta’lim muassasalarining rahbarlari yoki xodimlari bilan zudlik bilan bog‘lanish maqsadida telefonlardan  foydalanishga  (qo‘ng‘iroq qilishga, SMS, MMS, GPRS jo‘natishga, Bluetooth,  Internet va shu kabilar xizmatidan foydalanishga) ruxsat etiladi.

10. Mashg‘ulotlar va turli tadbirlar oralig‘ida  telefon orqali so‘zlashish uchun xonadan yo‘lakka yoki foyega chiqish, past ovozda va qisqa  muloqot qilish zarur.

11. Favqulodda vaziyatlar vujudga kelgan taqdirda  ta’lim muassasalarida telefondan foydalanish cheklanmaydi.

12.  Ta’lim muassasasining o‘qituvchilari va boshqa xodimlari:

o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida telefondan foydalanish huquqiga ega emas;

darsdan tashqari vaqtda  ta’lim oluvchilar  ishtirokida  telefondan foydalanishni imkoni boricha cheklashlari shart.

III. Nizom talablarini buzganlik uchun javobgarlik

13. Ushbu Nizom talablarini buzgan ta’lim oluvchilarga nisbatan quyidagi ta’sir ko‘rsatish choralari qo‘llanadi:

ogohlantirish;

ularning kundalik daftariga yozib qo‘yish;

ota-onalarini (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarni) xabardor qilish yoki tushuntirish suhbati o‘tkazish uchun ta’lim muassasasiga chaqirish.

Ushbu Nizom talablarini buzgan talabalarga nisbatan oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga muvofiq choralar ko‘riladi.

14. Ushbu Nizom talablari buzilgan taqdirda ta’lim muassasasining har qanday pedagog xodimi ta’lim oluvchidan telefonni olib qo‘yish, ushbu Nizomni buzganlik holati to‘g‘risida bildirishnoma rasmiylashtirish va uni telefon bilan birga  ta’lim muassasasining (fakultetning)  direktoriga (dekaniga) yoki direktor  (dekan) o‘rinbosariga, keyinchalik uni ota-onalarga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga, oliy ta’lim muassasalarida esa - kuratorga) berish, ushbu Nizom talablari buzilganligi holatlari to‘g‘risida ogohlantirish berish huquqiga ega.

15. Ushbu Nizom talablarining har qanday buzilishi ta’lim muassasasida  (fakultetda) tuziladigan direktor (dekan)  rahbarligidagi  komissiya tomonidan, sinf rahbari (kurator), ta’lim oluvchining ota-onalari (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar) ishtirokida, shuningdek ota-onalar (talabalar) majlisida muhokama qilinadi.

16. Ushbu Nizom talablariga rioya etilishini ta’lim muassasasining direktori  (fakultet dekani) va uning o‘rinbosarlari nazorat qiladi.

IV. YAkunlovchi qoidalar

17. Ta’lim muassasasi ta’lim oluvchilarga tegishli bo‘lgan telefonlarning saqlanishi uchun javob bermaydi, ushbu Nizomning 14-bandida nazarda tutilgan holatlarda telefonlarning olib qo‘yilishi hollari bundan mustasno.

18. Ushbu Nizom talablari har yili  imzo qo‘ydirilgan holda har bir ta’lim oluvchiga  va uning ota-onasiga (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarga), oliy ta’lim muassasalarida esa tegishli ravishda har bir talabaga etkaziladi.

 

 

 

Xalq ta’limi vazirligining

2012 yil 25 maydagi 165-sonli

 buyrug‘iga ilova

 

Utverjden Postanovleniem Kabineta Ministrov Respubliki Uzbekistan «O merax po uporyadocheniyu polzovaniya mobilnыmi telefonami v obrazovatelnыx uchrejdeniyax Respubliki Uzbekistan» ot 21 maya 2012 goda za № 139   

korildi:  831

 

O'xshash manbalar