•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Ustoz shogirt maktabi

“Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti.

 28.04.2016   

      O`quv seminarida viloyat XTXQTMOI o`qituvchisi Sanjar Qurbonov, Urganch tuman XTMFMTTEB uslubchisi Bibikaromat Ismoilova,  tuman “Mahorat maktabi” treneri Oygul Davletjonova hamda o`qituvchilar ishtirok etdilar.

 

      Seminar ishtirokchilari o`quv jarayonida boshlang`ich ta`limga oid eng so`nggi yangiliklardan foydalangan holda ilg`or pedtexnologiyalar  asosida dars mashg`ulotlarini tashkil etishga doir metodik tavsiyalar bilan tanishib, “Multimedia vositalaridan foydalanish – dars samaradorligining omili”, “Boshlang`ich ta`limda innavatsion texnologiyalar asosida o`quv jarayonini tashkil etish usullari” mavzularidagi ma`ruzalarni tingladilar.

       Bugungi kunda boshlang’ich ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalardan foydalanib, o’quv jarayonini tashkil etish samarali natijalarga olib kelmoqda. Boshlang’ich ta’lim jarayonida mazkur texnologiyalar asosida darslar tashkil etilganda o’quvchilarning darsga bo’lgan qiziqishlari ortib, ularning mustaqil fikrlashlari rivojlanmoqda. Innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarda ko’proq o’quvchilar ishtirok etadi, bu jarayon ularda izlanuvchanlik, ijodkorlik kabi fazilatlarini shakllantiradi. Ta’limni innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish jarayonida o’qituvchining qiziqishlari, hayot tarzi, dunyoqarashi, tafakkur tahlili, aqliy va kasbiy qobiliyati kabi xususiyatlari maydonga chiqadi.Shu bilan birgalikda o’qituvchi va o’quvchi o’rtasida o’zaro hamkorlikdagi jarayon amalga oshiriladi.

      Ta’lim jarayonida innovatsion texnologiyalarni qo’llash o’qituvchidan yuqori mahoratni talab etadi. Bunday faoliyatda boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’z ustida tinimsiz ishlashi, sinfdagi barcha o’quvchilarning ruhiy hamda bilish imkoniyatlarini hisobga olishi, har bir o’quvchining ko’ngliga yo’l topa bilishi lozim.

      Hayotimizdagi ijtimoiy, iqtisodiy  o’zgarishlar yoshlarning har tomonlama yetuk shaxs bo’lib rivojlanishini taqozo etadi. Bu esa uzluksiz ta’lim tizimining  asosiy bo’g’ini hisoblangan boshlang’ich ta’lim sohasiga katta ma’suliyat yuklaydi.  Shunday ekan, biz pedagoglar dars jarayonida turli pedagogik texnologiyalardan, interfaol metodlardan foydalanib, o’quv mashg’ulotlarining har bir o’quvchi tomonidan o’zlashtirilishini nazorat qilib, ularning fanga bo’lgan qiziqishlarini oshirib, mustaqil hamda mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini kengaytirib borishimiz zarur. Bu borada “Mahorat maktabi” tadbirlarining o`rni beqiyos. “Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti - deydi tuman “Mahorat maktabi” treneri Oygul Davletjonova.           

     O`quv seminarda o`qituvchilar bilan munozara davrasi tashkil etilib, unda o`qituvchilar uchun murakkablik tug`dirayotgan mavzular to`g`risida suhbatlashildi, tajribalar o`rganildi va fikrlar tinglandi.

   O`qituvchilar “Mahotar maktabi” tadbiridan olgan taassurotlari bilan o`rtoqlashib o`quv seminarida o`rgangan bilim, tajriba va yangiliklar asosida dars ishlanmalar yaratib, faoliyatlariga tadbiq etajaklarini mamnuniyat bilan bildirib o`tdilar.

korildi:  1146

 

O'xshash manbalar

“Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti.

“Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti.

“Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti.

“Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti.

“Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti.

Fikr bildirish

Ismingiz *

Elektron manzil *

Xatingiz *

Rasmdagi kodni yozing *

antibot

 Tadbirlar

22
May

22
May

So'rovnoma

 Foydali manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
senat.gov.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portoli
my.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portoli
gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazrligi
uzedu.uz
Ziyo NET
ziyonet.uz
Yagona identifikatsiya tizimi
id.uz
Milliy qidiruv tizimi
www.uz
Xorazm viloyat Hokimligi
xorazm.uz