•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Hamkorlik

Hushyorlik va ogohlik davr talabi

 28.04.2016   

                                                

IIB XOOG MTP VEON va XP inspektori F.Atajonov so‘zga chiqib  Vatanimizda diniy ekstremizm va missionerlikka qarshi amalga oshirilayotgan ishlar, boshqa din vakillarini noqonuniy ravishda olib borayotgan targ‘ibot va tashviqot ishlari, buning natijasida ko‘plab insonlarning barbod bo‘layotgan hayoti, natijada kelib chiqayotgan salbiy oqibatlar xaqida gapirib, diniy ta’limotdan  saboq berish tartibiga rioya  qilinishiga alohida e’tibor qaratilishi, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, huquqiy ongi va madaniyatini  yuksaltirish, dunyoviy ilmi  va ahloqiy saviyasini  oshirish, soxta diniy g‘oyalar, aqidaparastlik va missionerlikka qarshi  mustahkam tafakkurni  shakllantirish maqsadida  davra suhbatlari, uchrashuvlar va seminarlarni  tashkil etish va voyaga yetmaganlar orasida huquqbuzarlik, jinoyatchilik, diniy eksterimizm va terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar o‘tkazib borish, bu borada o‘tkazilayotgan tadbirlarning samaradorligini oshirish kerakligi, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun to‘garaklar faoliyatini yaxshilash kerakligi, har kuni o‘quvchilarning darsga va to‘garaklarga qatnashish davomatini nazorat kilib borish kerakligi haqida to‘xtalib o‘tdi.

Maktab direktori Z.Qurbanboyeva so’zga chiqib, O’zbekistonda yashayotgan har bir fuqoro o’zi yashab turgan uyini o’zi asrashi kerakligini.,Ogohlik –davr talabi ekanligini ,har birimiz ogoh bo’lishimiz kerakligini, yurtimiz tinchini buzish maqsadidagi  kimsalarning har xil manfur ishlaridan yoshlarimiz vokif bo’lib vatanimizning rivojlanishiga ,gullab yashnashiga  o’zlarining hissalarini  qo’shadilar  degan umiddamiz dedi va o’quvchilarga islom emas , terrorizm- ozodlik dushmani ekanligini va mamlakatimiz insonparvar davlat ekanligini,shu jumladan,aholini ijtimoiy himoyalash borasida hukumatimizning olib borayotgan siyosatini,ayniqsa yoshlarga huquqiy bilim berilayotganini ta'kidlab o’tdi.mamlakatimizda yoshlarning bilim olishlari,hunar o’rganishlari uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida to’xtaldi.

Maktab O`TIBDO`si R..Begova , “Dunyoda Vatan so’zidan aziz va yurakka yaqin kalom topilmagan. Biz yashab turgan tuproq-nihoyatda boy tarixga,yuksak ma’naviyiy merosga egadir.Bugun Amir Temur, Jaloladdin Manguberdi bizniki deymiz gurur bilan. Alisher Navoiy, Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshbandiy, Pahlavon Mahmud singari buyuk ajdodlarning vorislari ekanligimizdan qalbimiz faxr tuyg’usiga to’ladi. Bizning barchamizni ona Vatandan faxrlanish tuyg’usi birlashtiradi. Bu tuyg’u ko’zimizni, dilimizni yashnatib turadi. Ona yurt sarhadlariga, uning ko’rku jamoliga qalb ko’zi bilan boqqan insongina Vatanni yaxlit bir holda o’z qalbiga sig’dira oladi .Shuning uchun biz vatanimizni ko’z qorachig’idek  asrashimiz lozim. Ogohlik –davr talabi ekanligi to’g’risida to’xtaldi.

MMIBDO’ G.Rajabova so’zga chiqib, maktabda Diniy eksterimizm, terrorizm va missionerlikka qarshi o‘tkaziladigan tadbirlarda IIB xodimlari, mahalla faollari,. imom xatiblarini jalb qilib oq‘uvchilarga islom dinining tarbiyaviy tomonlarini to‘gri tushuntirib borilayotganligi, maktabda oq‘uvchilarning qarovsizligiga barxam berilayotganligi, maktabda ogohlikni ta’minlash maqsadida muntazam ravishda navbatchilik tashkil qilinganligi,video kuzatuv kameralari o’rnatilganligi to‘g‘risida so‘zladi.

 

korildi:  567

 

O'xshash manbalar

Kitobsevar bolalar bayrami.

Kasblar festevali 2016-2017

Kasblar festivali

“Kitobxonlik va mutolaa madaniyati”

9-may xotira va qadrlash kuni

Fikr bildirish

Ismingiz *

Elektron manzil *

Xatingiz *

Rasmdagi kodni yozing *

antibot

 Tadbirlar

22
May

22
May

So'rovnoma

 Foydali manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
senat.gov.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portoli
my.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portoli
gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazrligi
uzedu.uz
Ziyo NET
ziyonet.uz
Yagona identifikatsiya tizimi
id.uz
Milliy qidiruv tizimi
www.uz
Xorazm viloyat Hokimligi
xorazm.uz