•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Maktab yangiliklari

Har kim bilim olish huquqiga ega

 08.12.2017   

Urganch tumanidagi 38-sonli umumiy urta ta’lim maktabida yoshlarga Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyatini o‘rgatishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Dars va to‘garak mashg‘ulotlarida o‘quvchilar Bosh Qomusimizning yaratilish tarixi, moddalari sharhi, jamiyat va shaxs xayotidagi ahamiyatiga oid ma’lumotlar bilan tanishtirib boriladi.

Boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi Abdullaeva Ma’rifatning Konstitutsiyamizda belgilab qo‘yilgan huquq va erkinliklarni yosh avlod ongiga singdirishga bag‘ishlangan ochiq darsi ham shu maqsadda tashkil etildi. 3-B-sinf o‘quvchilari ishtirokida o‘tilgan mashg‘ulotni tuman xalq ta’limi bo‘limi mutaxassislari, o‘qituvchilar va ota-onalar kuzatib borishdi.

-Konstitutsiyamizning 41-moddasida har kim bilim olish huquqiga ega ekani, bepul umumiy ta’lim olish davlat tomonidan kafolatlanishi belgilangan,-deydi Abdullaeva Ma’rifat. Bu ertamiz egalarining yuksak salohiyatli insonlar bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi.

Ochiq dars yakunida o‘quvchilar Konstitutsiyaning farzandlarning ota-ona oldidagi burchlari, tabiatni asrab-avaylashga oid moddalari asosida sahna ko‘rinishlari namoyish etdilar.

korildi:  17

 

O'xshash manbalar

Xolilov Ulug‘bek Sharipovich

Xakimova Oymonjon Egamberganovna

Bilimlar bellashuvi

“Bilimlar bellashuvi ”

Bilimlar kuni

“Saxiylik va baxillik o`gitlari. Sovg`a berish va sovg`a olish odobi”.