•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Tadbirlar

“Kitobxonlik va mutolaa madaniyati”

 22.05.2017   

    Haftalik davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” asarini o`rganish barobarida  o`quvchi qizlarimiz o`zlari uchun muhim bo`lgan o`gitlarni mazmun- mohiyatini tushunib yetdilar. 

 

   

    

 

Mahalla yoshlarining kitobxonlik madaniyatini oshirish, ayniqsa, o`quvchi qizlarimizning ma`naviy- ma`rifiy  jihatdan kamol topishlari uchun keng imkoniyatlar yaratish maqsadida maktabda tizimli ishlar olib borilmoqda.

     Maktabning 3-“A” sinfida “Оrasta qizlar “ to`garagi doirasida “Kitobxonlik va mutolaa madaniyati” mavzusida tashkil etilgan haftalik aynan shu maqsadga qaratildi. Haftalik davomida o`quvchi qizlar O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimovning “Yuksak ma`naviyat- yengilmas kuch” asarini, shuningdek, X.To`xtaboyevning “Sariq devni minib” hikoyasini, M. Yusufning “Saylanma” she`riy to`plamini, O`.Hoshimovning “Dunyoning ishlari” asarini va Antuan de-Sent Ekz yuperining “Kichkina shahzoda” asarlarinio`qib o`rganishga harakat qildilar.

       Haftalik doirasida o`quvchi qizlar o`rtasida “Eng kitobxon o`quvchi qiz” ko`rik tanlovi ham tashkil etildi. Unda o`quvchi qizlar o`qigan asarlari yuzasidan berilgan savollarga javob berishga harakat qilishdi. Savollar asosan test usulida bo`lib, test matni maxsus tayyorlangan slayd orqali namoyish etib borildi. Ayniqsa, 3-“A” sinf o`quvchilari Amanova Shahrizoda, Farxodova Shohidalarning javoblari aniq bo`lganligi sababli bu ikkala qiz ham  “Eng kitobxon o`quvchi qiz” ko`rik tanlovining g`olibi bo`lishdi.  

  - Kitob- bizning eng yaqin do`stimiz. Kitob o`qish menga huzur bag`ishlaydi. Qancha ko`p o`qisam, shuncha ko`p narsalarni bilib olaman, bu esa menga hayotim davomida juda asqotadi deb o`ylayman – deydi o`quvchi qiz Amanova Shahrizoda.

-Men ham kitob o`qishni juda yaxshi ko`raman. Ayniqsa, she`riy kitoblarni mutoala qilish  menga ko`proq yoqadi. Ozim ham she`r yozishni mashq qilib boryapman. Yaqinda “G`uncha” jurnalida mening “Onamga” degan she`rim chop etildi. Men bundan juda xursand bo`ldim. Kelgusida ham yanada ko`proq kitob o`qib, o`z ustimda ishlashni oldimga maqsad qilib qo`yganman. Bunda albatta, o`qituvchimiz Oygul opa Davletjonova bizga zarur maslahatlarni berib boradilar- deydi Farxodova Shohida.

 G`oliblarga sinf rahbari Oygul Davletjonova esdalik sovg`a sifatida homiy ota- onalar tomonidan taqdim etilgan kitoblarni  topshirdi. 

Haftalik yakunida davra suhbati tashkil etildi. Unda o`quvchi qizlar haftalik davomida olgan taassurotlari bilan o`rtoqlashdilar, kitobxonlik va mutolaa madaniyati qiz bola uchun juda muhim ekanligiga yanada bir bor ishonch hosil qildilar. 

korildi:  660

 

O'xshash manbalar

Kitobsevar bolalar bayrami.

Kasblar festevali 2016-2017

Kasblar festivali

9-may xotira va qadrlash kuni