•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Tadbirlar

Kasblar festivali

 22.05.2017   

           Urganch  tumanidagi  38-son  umumiy  o’rta  ta’lim  maktabining  bitkazuvchi  9-sinf  o’quvchilari  2017 yil  30 mart    kuni Urganch tuman markazida  tuman kasb-hunar kollejlari tomonidan tashkil etilgan “Kasblar  festivali”ga borishdan oldin o’quvchilarga maktabda tushuntirish ishlari olib borildi.Kollejlarning yo’nalishlari, mutaxassisliklari bilan yaqindan tanishib olish lozimligi o’quvchilarga tushuntirildi,o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishlari  mumkinligi aytib o’tildi. So’ngra maktabimizning 9-sinf o’quvchilari sinf rahbarlari bilan Urganch tuman markazida  tumandagi kasb-hunar kollejlari tomonidan tashkil etilgan “Kasblar  festivali”ga  tashrif  buyurdilar.                                                                                                                  Kollejda o’qiyotgan o’quvchilarning tikuvchilik sexlari, bulochka va boshqa pishiriqlar pishirish sexlari, payvandlash sexlarida, ustaxonalarda tayyorlagan  qo’l  ishlari  ko’rgazmasi  bilan  yaqindan tanishib  chiqdilar.Tumanimiz markazidagi Sanoat kasb-hunar kolleji  o’quvchilari tomonidan tayyorlangan qo’l ishlari va  pishiriqlari  o’quvchilarimizga manzur  bo’ldi. Kasb-hunar kollejining  kasbga yo`naltiruvchi o`qituvchilari o`quvchilarga  kollejdagi  kasblar haqida tushuntirib   yaqindan  tanishtirdilar. Shuningdek Sanoat va transport kolleji  o’qituvchilari o’zlarining  o’quvchilari tomonidan tayyorlangan  qo`l  ishlari  ko’rgazmasi  bilan  yaqindan  tanishtirib  o`tdilar. Bitkazuvchi  9-sinf o’quvchilarimiz o’zlari  tanlagan  kasblar  to’g’risida kollejning  mutaxassislariga savollar  berib qiziqqan  sohasi  haqida  kengroq  tushunchaga  ega  bo’ldilar va  kasblar festivalidan yaxshi  taasurotlar  olib qaytdilar.

korildi:  759

 

O'xshash manbalar

Kasblar festevali 2016-2017

“Mahorat maktabi”da tajribasini boyitgan o`qituvchilar faoliyati hamkasblariga o`rnak bo`lyapti.

Kasblar tasnifi(odam-odam,odam-tabiat, odam-texnika, odam-badiiy obraz,odam-belgili sistema).

Bitiruvchilar uchun kasblar festevali