•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Maktab yangiliklari

Urganch tumanidagi 38-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida 2016 yil 9-oy davomida “Fuqaro muxofazasi” bo‘yicha qilingan ishlar

 07.12.2016   

 

 

 Joriy yilning “Fuqaro muxofazasi” bo‘yicha va Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 2 oktyabrdagi 05-948-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda bir qator ishlar amalga oshirildi. 2016 yil  2-sentyabrdan 2-sonli maktab buyrug‘i chiqarilgan. Maktabda “Fuqaro muxofazasi” uchun mas’ul xodim belgilangan. Tuzilgan shtat tarkib a’zolari o‘rtasida ish taqsimoti ishlab chiqilgan.

 Maktabda joriy yilning 13- oktyabr  kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar  vazirligidan  birinchi o‘rinbosari podpolkovnik  Umirbek Qodirov,  O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda Vaziyatlar  vazirligining etakchi mutaxassisi psixolog Irina Aleksandrovna, Xorazm viloyati Favqulodda Vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Berdiev Asqar va Viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha mas’ul xodim Zufar Jonibekov, Urganch tuman XTMFMTTEB mudiri G‘.Allanazarov, tumandagi mavjud umumtalim maktablaridan 32 nafar xodim, tuman xokimligidan 1 nafar xodim, tuman tez tibbiy yordam hizmatidan 3 nafar xodim, tuman Qizil yarim oy jamiyatidan 1 nafar xodim, tumandagi kasb-xunar kollejlaridan 6 nafar xodim hamda 520 nafar o‘quvchi va 21 nafar o‘qituvchilar  jami 593 nafar ishtirokchi  bilan “Fuqaro muxofazasi kuni” o‘tkazildi.  

“Fuqaro muxofazasi kuni” quyidagi bosqichlarda amalga oshirildi.

 9:10-9:30-tantanali lineyka. Kirish so‘zi maktab direktori Zumrad Qurbanboevaga so‘z berildi. U “Fuqaro muhofazasi kuni”ni ochiq deb e’lon qilib, “13-oktyabr Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni”ga bag‘ishlab maktabda “Fuqaro muxofazasi kuni” o‘tkazilayotganini ta’kidlab o‘tdi. SHuningdek tadbirda ishtirok etayotgan mehmonlarni tanishtirdi.

9:30-10:10-Fuqaro muxofazasi bo‘yicha ochiq va ko‘rgazmali darslar. “Fuqaro muxofazasi kuni” ga bag‘ishlangan ochiq va ko‘rgazmali darslar mashg‘uloti 4-A, 5-B, 8-A,9-A,9-D-sinflarda tashkil etildi. Dars o‘tish jarayonlari kuzatuvchilar tomonidan ijobiy baholandi.

10:10-10:20-“Diqqat,barchaga!” signali bo‘yicha binodan evakuatsiya tadbirlari. Tadbir davomida Zil zila sodir bo‘lganda o‘quvchilarni va o‘qituvchilarni to‘g‘ri harakati kuzatib borildi hamda evakuatsiya jarayonida jarohat olganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari amalga oshirildi.

11:00-11:45-Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularga to‘g‘ri xarakat qilish bo‘yicha hujjatli film namoyish qilindi.

11:45-12:05-“Fuqaro muhofazasi kuni” tadbiri yakuni, fikr va mulohazalar. Tadbir yakuni bo‘yicha kuzatuvchi sifatida ishtirok etayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari va Viloyati xalq ta’limi boshqarmasi mutaxassislari hamda tegishli xizmat vakillari, maktab o‘quvchi va o‘qituvchilari ishtirokida yakuniy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda tadbir davomida erishilgan yutuqlar muhokama etildi.

Kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

O‘tkazilgan o‘quv amaliy tadbirda mavzuga oid  230 ta buklet va eslatmalar tarqatildi.

Fuqarolarning ugar gazlari hamda tabiiy gazdan zaharlanishi kabi noxush holatlarning oldini olish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2014 yil 30 sentyabrdagi 05/14-2033-sonli “Aholini tabiiy va ugar gazlaridan himoyalanish va ogohlantiruvchi profilaktika tadbirlari kompleks dasturi” tasdiqlandi.

Mazkur kompleks dasturning 14-bandiga asosan  “Ta’lim muassasalarida “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kurslari va boshqa o‘quv fanlari doirasida tabiiy gaz va boshqa alternativ ko‘rinishidagi yoqilg‘ilar bilan ishlovchi isitish pechlari va jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi haqida o‘qitish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” va Xalq ta’limi vazirligining 2014 yil 2 oktyabrdagi 05-948-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida maktabda “Hayot xavfsizligi asoslari” o‘quv kurslari va boshqa o‘quv fanlari doirasida tabiiy gaz va boshqa alternativ ko‘rinishidagi yoqilg‘ilar bilan ishlovchi isitish pechlari va jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilish zarurligi haqida o‘qitish hamda targ‘ibot-tashviqot ishlarini tashkil etish” bo‘yicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi.

Mashg‘ulotlar maktabning 1-2 sinflarida “Odobnoma”, “Jismoniy tarbiya”, “Atrofimizdagi olam”, 3- sinflarda “Odobnoma”, “Tabiatshunoslik”, “Jismoniy tarbiya” va 5-9 sinflarda “Geografiya”, “Vatan tuyg‘usi”, “Milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari”,“Mehnat ta’limi”, “Botanika”, “Zoologiya”, “Fizika”,”Kimyo” fanlari negizida olib borildi.

Targ‘ibot-tashviqot ishlarini yanada samarali tashkil etildi.

Mashg‘ulotlarni Favqulodda vaziyatlar, Ichki ishlar va Sog‘liqni saqlash tashkilotlarining mutaxassislari bilan hamkorlikla, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va ko‘rgazmali vositalardan keng foydalangan holda olib borish yo‘lga qo‘yildi.

korildi:  1794

 

O'xshash manbalar

Urganch tumani 38-son umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazilgan “ Ota-onalar “yig’ilishi to’g’risida.

Kasblar festevali 2016-2017

Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi 2016

“YIL SARDORLARI” ANIQLANDI

Abdulla Oripov tavalludining 75 yilligiga

Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi 2016

“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi ijrosi