•  
  • urganch38-son@umail.uz
  • +998919172288
  • Ro'yxatdan o'tish

Yilning eng yaxshi fan o`qituvchisi

O`quvchilarni ijodiy faolligini oshirishda hamkorlikning o`rni.

 23.06.2016   

Tayyorladi:   Rahimova Dilorom.

Loyixaning mavzusi:O`quvchilarni ijodiy faolligini oshirishda hamkorlikning o`rni.

Loyixaning maqsadi: Mehnat ta`limi darslarida o`quvchilarning faolligini oshirish usullaridan biri hamkorlikdan foydalanishdir.Bu o`quvchilarni ijodiy fikrlash olgan nazariy  bilimlarini tasavvur qilish orqali amalda qollashga, mehnat malakalarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Loyixaning borishi:  6 sinflarda xalq hunarmandchiligi turlaridan biri” Zardozlikni organish”  10 soat berilgan .

Zardo`zlik san`ati tarixi va uning rivojlanishi. Zardo`zlikda ishlatiladigan materiallar

(gazlamalar turlari, karto`n, zar iplar).Zardo`zlikda ishlatiladigan asbob-uskunalar. Zar

ipni o`rash.  Bu  mavzuda XIX-XX asr boshlarida  kashtachilik san`atining bir turi bo`l-

gan zardo`zlik Buxoroda gurkirab rivojlangani ,zar va kumush ip bilan erkaklar to`ni,

salla doppi ,shalvor, poyabzallar, ayollar ko`ylagi, kamzul kaltacha, peshanaband, ro`mol, etik va tuflilari tikilganligi,Zardo’zlik-qiziqarli va ijodiy ish bo’lib,u insonga

ko’p quvonch keltirishi, bo’sh vaqtida ermak bo’lishi, insonni nafosat olamiga olib ki-

rishi mumkin. Zar tikish usullarini o’zlashtirayotganda hamma narsa birdaniga yaxshi

chiqmasligi mumkin, chunki zardo’zlik sabr –toqatli, e’tiborli,tartibli bo’lishni talab eta-

di.Chidamli bo’lish lozim. Kerakli malakalar egallagan sayin osonlasha borishi tushun-

tiriladi. Zardo`zlikda ishlatiladigan materiallar,asboblar zar ipni o`rash haqida malumotni berish mumkin. Keyingi mavzularda   esa naqsh turlari, koto`nga naqsh gul tushirish va qirqish ish o`rnini tashkilqilish  va bo`zni korcho`pga  taranglab tortish va zamindo’zi va guldo’zi  usulida tikish o’rgatiladi.

 

Mohir zardo’z  bo’lishni xoxlagan har bir hunarmand quyidagi 3 hunarni bilishi zarur.

  1. Rasm solish va naqsh chizish;
  2. Naqshlarni tushirish va qirqish;
  3. Qirqilgan naqshlarni zar ip bilan tikish va bezatish.

Munosib tarzda shakillantirilga badiiy- estetik  tuyg’ular oxir oqibatda har bir shaxsning

o’z  imkoniyatlari  haqidagi, o’zining hayotdagi o’rni haqidagi to’g’ri va haqqoniy ba –

holarining shakillanishiga hamda barqarorlashishiga imkon beradi, o’z kelajagini reja –

lashtirish, kasbiy jihatdan  kamol topishga oid  ko’nikma va malakalarning takomillashishiga sharoit yaratadi. Zardo’zlikda  ishlatiladigan asbob-uskunalar uncha-

lik ko’p bo’lmasada , ular o’ziga xos tuzilishga ega. Zardo’zlikda ishlatiladigan asosiy

asbob korch`op bo`lib ,u ikki qismdan iborat: chambarak va xorak . “Korcho`p”forscha

so’z bo`lib , “kor”-ish,”cho`p”-taxta , yog`och ma`nolarini anglatadi.

 

Xalq amaliy bezak can`atida, jumladan, zardo`zlikda ham nashlar muhim o`rin tutadi.

chunki zardo`zlik xalq amaliy can`atining  qo`l choklari orali hosil qilingan naqshlar

asosida badiiy ishlov berish turidir.” Naqsh” arabcha so`z bo`lib, “gul”, “tasvir”degan

ma`nolarni anglatadi .

Ma`lumki, har qanday kasb-hunar- o`ziga xos bo`lgan faoliyatdir.Ana shu kasb-xunarni

Egallash uning faoliyat usullarini o`zlashtirish demakdir.Tashabbuskorlik mehnatsevar-

lik tizimida shaxsning ma`naviy axloqiy yuksalishida muhim ahamiyat kasb etadi. Tashabbuskorlik mehnat jamoasidagi yetakchilik bilan ham bog`lanib ketadi.

Tashabbus va ishchanlik jamoaning yanada jips va hamfikr bo`lishiga ham kafolat bo`-

la oladi. Zardo`zlikda bir necha tikish usullari mavjud.Bu usullar o`ziga xos tomon-

larining nomlari bilan bir-biridan farq qiladi. H.Aminov o`zining “Biz zardo`zlarmiz”

risolasida zardo’zlik sirlari , zar tikish xillari va usullari to`g`risida batafsil to`xtab

o`tgan zardo’zlik umuman ikkiga bo`linadi, birinchisi-zamindo`zi,ikkinchisi-guldo`zi.

Z AMINDO`ZI-bunda zar tikilayotgan kiyim yoki kiyim gulnaqshining zamini yop-

pasiga  zar bilan tikiladi.

G U L D O`Z I –bunda tikilayotgan naqshning  tagi ochiq qolib faqat gul naqshlarning

o’zi zar bilan tikiladi.Guldo`zi tikish usuli o`ziga xos bo`lib bu quyidagi bosqichda ba-

jariladi.Naqqosh tomonidan naqsh chiziladi,naqsh nusxasi qalin qog`oz, karton yoki te-

ridan qirqib andazasi tayyorlanadi.Sidirg`a baxmal matoga qadab chiqiladi, ya`ni omo-

nat tikib chiqiladi yoki yelimlanadi. Karto`n nusxani zar ip bilan qoplab tikib chiqiladi.

Biroz bo`rtma gul hosil bo’ladi. Zardo`zlik ignasi kalta va nozik bo`lishi lozim.

Zardo`zlik ishi chog`ida 2 xil angishvonadan foydalaniladi. Ikkixil qaychi ishlatiladi.

Birinchisi “tuya bo`yin qaychi” ikkinchisi oddiy qaychi.

   Hozirgi kunda zamonaviy texnalo’giyyalar bilan jixozlangan sexlarda,zardo`zlar metallardan  tayyorlangan dastgohlar atrofida stullarda o`tirib tikishadi. Zardo`zlik sexlari keng va yorug` xonalarda joylashgan bo`lishi kerak. Xona tabiiy va sun`iy yorug`lik manbalari bilan yoritilishi kerak.

  Zardo`zlik maxsulotlari  ishlab chiqarishning xususiy texnalo`giyalarini zardo`zlik bu-

yumlarining turmushda bajaradigan vazifalari hamda tuzilishiga ko`ra 2 qismga ajratish

mumkin.

1, Zardo`zi uy-ro`zg`or buyumlari ishlab chiqarishning xususiy texnalo`giyalari.

2. Zardo`zi kostyum va uning qo`shimchalari ishlab chiqarishning xususiy texnalo`giya-

lari.

Zardo`zi uy-ro`zg`or buyumlarining xususiy texnalo`giyalari ham ularning inson turmu-

shidagi ahamiyatiga ko`ra shakillangan.Inson turmushida ancha muhim ahamiyatga ega

bo`lgan, foydalanilayotganda tezda ko`zga tashlanib turadigan uy-ro`zg`or buyumlari tayyorlashning xususiy texnalo`giyalari birmuncha murakkab,aksincha, kundalik tur-

mushda tez-tez ishlatilib turiladigan, lekin ko`zga unchalik tashlanmaydigan buyumlarning xususiy texnalogiyalari esa soddaligi bilan ajralib turadi.

Mavzularda berilgan ma’lumotlar bilan o’quvchi zardo’zlik hunarini to’liq o’zlashtira olmaydi . O’quvchilarni kasb hunarli bo’lishi uchun mehnat darslarida hunarni to’liq

O’rgatishimiz kerak. Hayoti davomida o’quvchi shu o’rgangan hunarini qo’llay olishi kerak. Buning uchun u naqsh turlari islimi va gulli girix naqshlarni chizishni o’rganishi zarur  bo’ladi.

    Xo’sh bu kabi muammolarni yechish qanday? – degan savolni o’zimga berdim va

bevosita  ushbu loyiham orqali shu kabi savollarga yechim topish uchun amalda baja-

rib ko’rdim.

                          

1.O’quvchilarda tasavvur hosil qilish ucun videofilmlardan , electron darsjiklardan  foydalandim. Elektron darsliklarda bu hunar ota – bobolarimizdan meros ekanligi avloddan-avlodga usta – shogird  ananasiga binoan o’tib kelayotganligi haqida eshitib ham ko’rsa o’quvchilarda tasavvur hosil bo’ladi.

2.Uchrashuv tashkil qildim. Yilning eng yaxshi hunarmandi ko’rik tanlovi g’olibi tadbirkor ayol Gulsara opa bilan uchrashuv tashkil qildim.  Opa o’zining ijodi haqida , erishgan yutuqlari ,olgan diplom va sovg’alari , chiqargan

shogirdlari, hozirgi kunda farzandlari ham shu hunarni davom qildirib oilaviy tadbirkor

bo’ganlari haqida gapirib berdi.

O’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojat qilishdi. Hunarmand bilan

o’quvchilar orasida jonli muloqot bo’ldi.

   Tadbirkor o’zi bilan olib kelgan zardo’zlik buyumlarini o’quvchilarga ko’rsatdi va

tikish usullarini tushuntirdi. O’quvchilarni oilaviy ustaxonasiga taklif qildi.

3.Sayohat uyushtirdim.   O’quvchilarni tadbirkor ustaxonasiga olib bordim. Bu yerda o’quvchilar ish jarayonini  kuzatishdi va birgalikda bajarib ko’rishdi. O’quvchilar endi bu hunarni puxta  o’rganishga harakat qilishadi. Hozirgi kun mehnat fani o’qituvchisi o’zi ham ijodkor bo’lishi kerak, kamida 4-5 hunarni bilishi shart. Shunda biz oquvchilarga hunar o’rgata olamiz. Barkamol avlod yoshlar ijodiyot markazlariga ham sayohatga olib bordim.

  Bu yerda naqsh va gullarni chizishni o’rganish uchun rassomchilik togaragiga kirdik

va o’quvchilar togarak rahbari bilan savol- javob o’tkazishdi va togarak ishlari bilan ta-

nishishdi.Bu yerda o`quvchilar gul va naqshlarni to`garak a`zolari bilan chizib ham

ko`rishdi.

   Barkamol avlod yoshlar ijodiyot markaziga sayohatda keyin ko`pchilik o`quvchilarimiz to`garaklarga a`zo bo`lishdi.O`quvchilarni to`garaklarga muntazam qatnashini to`g`ri yolga qo`yishimiz kerak. Buning uchun esa ota-onalar bilan suhbatlashib hamkorlikni  yo`lga qo`yish zarur.

Loyihaning yakuniy natijasi:

Jamiyat taraqqiyotida fanning o`rni tobora ortib bormoqda. Yosh avlodni hayotga,meh-

natga, tayyorlash ishlarining mazmuni, usullari hamda shakillari ham o`zgarmoqda.

Ta1lim mazmunini yaxshilash, o`qitishning turli xil faol usullaridan foydalanish zamon

talabi hisoblanadi. Ta`lim jarayonida o`qituvchi mehnatining natijasi ko`p jihatdan o`quvchilarning ijodiy faolligiga bog`liqdir.Buning uchun o`qituvchi yangiliklar izla –

shi, tashabbuskorlik va ijodkorlik namunalarini ko`rsatishi kerak.

Yuqorida tavsiya etilgan usullar mehnat va kasb ta`limi darslarini takomillashtirish,

o`quvchilarda mehnat ko`nikmalarini shakillantirish va ularni kasb tanlashga yollash

hunar o`rganishga bo`lgan qiziqishlarini faollashtirishda o`qituvchilarimizga qo`l kela-

di, degan umiddaman.

Mazkur usullarni o`qituvchilar o`z imkoniyatlariga qarab o`zgartirgan holda qo`llashla-

ri ham mumkin.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

korildi:  1107

 

O'xshash manbalar

Fikr bildirish

Ismingiz *

Elektron manzil *

Xatingiz *

Rasmdagi kodni yozing *

antibot

 Tadbirlar

22
May

22
May

So'rovnoma

 Foydali manbalar

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati
press-service.uz
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati
senat.gov.uz
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portoli
my.gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Hukumat portoli
gov.uz
O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazrligi
uzedu.uz
Ziyo NET
ziyonet.uz
Yagona identifikatsiya tizimi
id.uz
Milliy qidiruv tizimi
www.uz
Xorazm viloyat Hokimligi
xorazm.uz